Tavsifi
Loyiha Shvetsiya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga noqonuniy migratsiya xavfi yuqori bo‘lgan mahallalarga e’tibor qaratgan holda Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo va Surxandaryoning tanlangan tumanlaridagi muayyan mahallaga yo‘naltirilishi kerak. Ushbu hududlardan tashqari, qo‘shimcha hudud sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham qamrab olinishi mumkin. Ariza ma’lum bir aholi punkti yoki mahallani tanlash uchun yetarli asosni o‘z ichiga olishi va tanlangan hudud Shvetsiya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga noqonuniy migratsiya xavfi yuqori bo‘lgan hududlar qatoriga kirishini tasdiqlashi kerak.
Loyiha arizalarini topshirish haqida e’lon qiluvchi tashkilot
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
Ariza shaxsan yoki pochta orqali muhrli konvertda IOMga quyidagi manzilga topshirilishi lozim: Lomonosov ko‘chasi, 4-uy, Mirzo Ulug‘bek tumani, 100077, Toshkent, O‘zbekiston.
Arizani elektron shaklda PDF formatida iomtashkent@iom.int elektron pochtasiga yuborish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun loyiha yordamchisi Liliana Valiullinaga lvaliullina@iom.intelektron manzili orqali, yoki migrantlarni himoya qilish va ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi masùl xodim Olimbek Azimbekovga oazimbekov@iom.int elektron manzili orqali xat yo‘llashingiz mumkin.