Телефон доверия 1008

Главная страница / Грант - Объявления / Грант - Объявление заявка#  67  

СРОК ИСТЁК

Shvetsiya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga noqonuniy migratsiyani oldini olish


PHOTO
10.07.2026 15:33:31
СТРАНА
Республика Узбекистан
ОСТАЛОСЬ ДНЕЙ
0
КРАЙНИЙ СРОК
10.07.2026
ТИП
Локальный
НАПРАВЛЕНИЕ
Грант

Описание



Loyiha Shvetsiya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga noqonuniy migratsiya xavfi yuqori bo‘lgan mahallalarga e’tibor qaratgan holda Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo va Surxandaryoning tanlangan tumanlaridagi muayyan mahallaga yo‘naltirilishi kerak. Ushbu hududlardan tashqari, qo‘shimcha hudud sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham qamrab olinishi mumkin. Ariza ma’lum bir aholi punkti yoki mahallani tanlash uchun yetarli asosni o‘z ichiga olishi va tanlangan hudud Shvetsiya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga noqonuniy migratsiya xavfi yuqori bo‘lgan hududlar qatoriga kirishini tasdiqlashi kerak.    

Loyiha arizalarini topshirish haqida e’lon qiluvchi tashkilot

Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Ariza shaxsan yoki pochta orqali muhrli konvertda IOMga quyidagi manzilga topshirilishi lozim: Lomonosov ko‘chasi, 4-uy, Mirzo Ulug‘bek tumani, 100077, Toshkent, O‘zbekiston.

Arizani elektron shaklda PDF formatida iomtashkent@iom.int elektron pochtasiga yuborish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun loyiha yordamchisi Liliana Valiullinaga lvaliullina@iom.intelektron manzili orqali, yoki migrantlarni himoya qilish va ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi masùl xodim Olimbek Azimbekovga oazimbekov@iom.int elektron manzili orqali xat yo‘llashingiz mumkin.

Требования



Taklif qilingan loyihaning kutilgan natijalarga erishishga muvofiqligi
  • Kutilayotgan natijalarga erishish uchun loyihaning dolzarbligi
  • Asosiy ko‘nikmalar, shuningdek, byudjet tuzish, muloqot, muzokaralar va ishtirok etish ko‘nikmalari bo‘yicha ekspert bilimlari
  • NNT va davlat muassasalari uchun o‘qitish va salohiyatni oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ekspert bilimlari va tajribasi
  • Taklif etilayotgan byudjetning yetarliligi va aniqligi (shu jumladan NNT hissasi)
  • Turli sohalarda yoshlarning manfaatlarini hisobga oladigan istiqbolni yaratishda milliy va mahalliy darajada turli manfaatdor tomonlar bilan ishlash bo‘yicha tegishli texnik bilim va tajriba.
  • Inklyuzivlik, tenglik, hisobdorlik, ishtirok etish, universallik va boshqalar kabi huquq tamoyillarini amalga oshirish tajribasi.
60
Loyihaning barqarorligi
  • Yoshlar va o‘smirlarning ishtiroki va rivojlanishi bilan bog‘liq asosiy muassasalar bilan hamkorlik tajribasi
  • Milliy va mahalliy darajadagi ish tajribasi, hamjamiyat hayotida ishtirok va aloqalar
  • Boshqaruv qobiliyati
  • Loyihaning barqarorligi
20
Boshqalar
  • Loyihaning tarqalishi / kengayishi
  • Dasturlarni amalga oshirishda gender masalalarini hisobga olish ko‘nikmalari
  • Innovatsion yondashuv
  • Loyihalarni moliyaviy boshqarishda sinalgan qobiliyat;
  • Siyosiy va ijtimoiy muhitni yaxshi bilish.
20

Официальная ссылка


Контакт для связи



Ф.И.О.
Olimbek Azimbekov
Государство
Республика Узбекистан
Наименование организации
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Почта
lvaliullina@iom.int
Номер телефона
+998(93)979-04-98
Методы доступа к системе