Tavsifi
Davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsad va vazifalari
Ustuvor yo‘nalish: aholida o‘z huquq va majburiyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish, ularda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish.
Maqsad: aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy bilimini oshirish, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari haqida aholi xabardorligini oshirish, aholi o‘rtasida qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini mustaqil ravishda o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini orttirish.
Vazifalar: aholida o‘zining huquq va majburiyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish maqsadida tanlov tashkil etish, tanlovni tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash, tanlovni yuqori saviyada o‘tkazilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tanlov jarayonini ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilishini ta’minlash hamda tanlov g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish.
Ajratiladigan mablag‘ miqdori: 50 000 000 million so‘m (ellik million so‘m)
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish muddati : 2024-yil avgust-sentyabr