Телефон доверия 1008
Язык

Главная страница / Грант - Объявления / Грант - Объявление заявка#  22  

СРОК ИСТЁК

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2024-yilda Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihani amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish uchun tanlov E’LON QILADI


PHOTO
23.07.2024 09:55:09
СТРАНА
Республика Узбекистан
ОСТАЛОСЬ ДНЕЙ
0
КРАЙНИЙ СРОК
10.08.2024
ТИП
Локальный
НАПРАВЛЕНИЕ
Объявление

Описание



Davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsad va vazifalari

Ustuvor yo‘nalish: aholida o‘z huquq va majburiyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish, ularda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish.

Maqsad: aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy bilimini oshirish, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari haqida aholi xabardorligini oshirish, aholi o‘rtasida qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini mustaqil ravishda o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini orttirish. 

Vazifalar: aholida o‘zining huquq va majburiyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish maqsadida tanlov tashkil etish, tanlovni tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash, tanlovni yuqori saviyada o‘tkazilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tanlov jarayonini ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilishini ta’minlash hamda tanlov g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish. 

Ajratiladigan mablag‘ miqdori: 50 000 000 million so‘m (ellik million so‘m)

Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish muddati : 2024-yil avgust-sentyabr

Требования



Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:

- ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur;

- davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiriladigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqligi;

- ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar

va texnik imkoniyatning mavjudligi;

- ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;

- loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonun hujjatalariga to‘liq rioya etish.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

ariza taqdim etayotgan NNTning rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza (ariza shakli bilan https://lex.uz/uz/docs/-3568990?query=Sotsial#-3569962 sayti orqali tanishishingiz mumkin);

oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTning Ustavi nusxasi;

Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi.

Hujjatlar 2024-yil 22-iyuldan 10-avgustgacha qabul qilinadi.

Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.

Hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100047, Toshkent shahri, Sayilgoh koʻchasi, 5-uy.

Ma’lumot uchun telefon: 71-207-04-39.

Официальная ссылка


Контакт для связи



Ф.И.О.
Erkinov Nursultan
Государство
Республика Узбекистан
Наименование организации
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Почта
info@adliya.uz
Номер телефона
+998(71)207-04-39