Описание
Loyiha tavsifi
"Shvetsiyaning Shvetsiya va Yevropa Ittifoqiga noqonuniy migratsiyaning oldini olish bo‘yicha IOMni faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan hissasi" loyihasi umumiy maqsad - Shvetsiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga noqonuniy migratsiya oqimini kamaytirishga qaratilgan. Loyiha noqonuniy migratsiya darajasi yuqori bo‘lgan mahallarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda noqonuniy migratsiya (birinchi yoki takroriy) imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan shaxslar, shuningdek, Shvetsiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga noqonuniy ko‘chish jarayonida bo‘lgan, ammo o‘z vataniga xavfsiz qaytishni xohlovchi muhojirlar ham qamrab olingan. Loyiha quyidagi (mo’ljallangan hududlar kontekstiga qarab cheklanmagan va moslashuvchan) natijalar, mahsulotlar va tadbirlarga erishishni nazarda tutadi:
1-natija: Muhojirlar va xavf ostidagi jamoalarning xususiyatlarini aniqlash orqali tartibsiz migratsiya sabablari haqidagi xabardorlik oshirildi. Bu esa muammoni hal etish uchun aniq mo’ljallangan va samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi.
2-natija: Emigratsiya va tranzit migratsiya darajasi yuqori bo‘lgan jamoalar xabardorlikni oshirish tadbirlari orqali tartibsiz migratsiyaning xatarlari hamda muqobil qonuniy yechimlarni izlash imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.
3-natija: Kelib chiqish jamoalari va qaytib kelgan muhojirlar tartibsiz migratsiyaga muqobil yo‘llarni ishlab chiqmoqda hamda tarixiy yo‘nalishlar bo‘ylab xavfsiz, qonuniy mintaqaviy va/yoki janubdan janubga migratsiyani targ‘ib qilmoqdalar.
IOM qonuniy bo‘lmagan migratsiya xavfiga duchor bo‘lgan shaxslar uchun tegishli va tushunarli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlashga, shuningdek, yoshlar darajasida xavfsiz va qonuniy migratsiya yo‘llari hamda qonuniy bo‘lmagan migratsiyaning mavjud muqobillari haqidagi xabardorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
IOM hukumat va nodavlat manfaatdor tomonlarning, shuningdek, yoshlarning, jumladan qaytib kelgan muhojirlarning salohiyati va xabardorligini oshiradi. Bu orqali xavfsiz va qonuniy migratsiya yo‘llarini targ‘ib qilish, hamda ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirish va noqonuniy migratsiyaga haqiqiy muqobil yo‘llar taklif etish yo‘li bilan muhojirlar kontrabandasi va odam savdosi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish ko‘zlanadi. Mavjud institutsional tavsiyalarga muvofiq, IOM shaxsiy, jamoaviy va tizimli darajalarga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi.
Ushbu natijalarga erishish uchun IOM xabardorlikni oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qo‘llaydi. IOM ko‘magida amalga oshiruvchi hamkor - beshta viloyat (Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo) va Qoraqalpog‘iston Respublikasini qamrab olgan respublika nodavlat notijorat tashkiloti quyidagilarni bajaradi:
• yoshlar orasida xabardorlikni oshirish bo‘yicha strategiya va batafsil chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
• noqonuniy migratsiyaning xavflari, mavjud qonuniy muqobillar, shuningdek, Shvetsiya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga chiqishda migrantlarga ko‘rsatiladigan davlat yordami shakllari haqida asosiy xabarlarni shakllantirish va tarqatish;
• ijtimoiy tarmoqlar uchun videoroliklar, plakatlar, bannerlar, bukletlar, flayerlar va raqamli kontent kabi turli xil axborot materiallarini ishlab chiqish va targ‘ib qilish;
• yoshlarni noqonuniy migratsiya xavflarini muhokama qilishga jalb etish uchun interaktiv tadbirlar (treninglar, seminarlar, yoshlar munozaralari) tashkil etish;
• maqsadli auditoriyani keng qamrab olish uchun ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari va jamoat fikri yetakchilari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
Kutilayotgan natijalar
1. Auditoriyani qamrab olish
` • Beshta maqsadli viloyatning har birida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kamida 3000 nafar yosh loyiha tadbirlarida bevosita ishtirok etish orqali noqonuniy migratsiyaning xatarlari va mavjud qonuniy muqobil variantlar haqida ma’lumotga ega bo’ladi.
• Kamida 100 000 kishi onlayn platformalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali qamrab olinadi.
2. Axborot materiallari
• Quyidagilar ishlab chiqiladi va tarqatiladi:
o 5 ta videorolik,
o 1 ta plakat va 2 ta banner (beshta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasining maktablari, oliy ta’lim muassasalari va jamoat joylarida joylashtiriladi),
o har bir viloyatda 500 ta buklet va 500 ta flayer,
o ijtimoiy tarmoqlarda kamida 10 ta axborot posti/infografika.
3. Yoshlar tadbirlari
• Yoshlar uchun kamida 18 ta trening/mashg‘ulot/seminar o‘tkazildi (har bir viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 tadan), jami 600 nafar ishtirokchi qamrab olindi.
• 500 nafar ishtirokchini qamrab olgan holda yoshlar o‘rtasida kamida 5 ta tanlov/viktorina o‘tkazildi.
4. Institutsional mustahkamlash
• Yoshlarning migratsiya xavf-xatarlari va imkoniyatlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
• Xabardorlikni oshirish va targ‘ibot ishlariga NNT, ta’lim muassasalari va mahalliy hokimiyat organlarining kamida 30 nafar vakili jalb etilgan.
Taxminiy byudjet
Budjeti 18 000 (o‘n sakkiz ming) AQSH dollaridan oshmaydigan bitta ariza qo‘llab-quvvatlanadi.
Shartnomalar milliy valyuta - so‘mda, shartnomalarni imzolash paytidagi IOM kursi bo‘yicha imzolanadi. Shuningdek, grant mablag‘lari NNTning alohida sub-hisob raqamiga o‘tkaziladi, va ushbu sub-hisob raqamida barcha moliyaviy operatsiyalar faqat IOM tomonidan taqdim etilgan grant mablag‘lari doirasida amalga oshirilishi lozim.