Описание
Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) mamnuniyat ila loyihalar uchun tanlov e'lon qiladi va ushbu tanlovda migratsiya va odam savdosi qurbonlarini himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi O'zbekiston Respublikasining nodavlat notijorat tashkilotlarini 2024 yilning 18-sentyabrdan 2024 yilning 2-oktyabrga qadar ushbu tanlovda o'z loyihalari bilan ishtirok etish uchun taklif qiladi.
"O'zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashda jabrlanuvchiga yo'naltirilgan yondashuvni targ'ib qilish" loyihasi doirasida odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun davlat tomonidan va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar to'g'risida jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyalarini o'tkazish uchun arizalar tanlovi e'lon qilindi.