Tavsifi
OʻzNNTMA NNT rahbarlari uchun malaka oshirish kurslariga talabgorlar arizalari qabuli boshlanganligini e'lon qiladi
Malaka oshirish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
Malaka oshirish vaqti: 2024-yil 11 – 21 noyabr
Qabul kvotasi: 66 nafar NNT rahbari
Malaka oshirish kursi bepul!
Talablari
Hujjatlar "zip fayl" koʻrinishida
uznntma.2024@gmail.com elektron pochtasiga yuboriladi:
1. Ariza (https://drive.google.com/drive/folders/1IQ5AIMse7iVwERd0S7WJOoQJKb3AHmE0) (ilovaga muvofiq);
2. NNT rahbarining maʼlumotnomasi (https://drive.google.com/drive/folders/1IQ5AIMse7iVwERd0S7WJOoQJKb3AHmE0)(obyektivka, word formatda);
3. NNT rahbari etib saylanganligi to‘g‘risidagi hujjat (buyruq)dan ko‘chirma;
4. NNT rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti,
ID kartasi) nusxasi;
5. NNT rahbarining fotosurati – 1 dona (9 x 12 hajmda, oq fonda);
6. NNT guvohnomasi nusxasi.
7. NNTning yuqori turuvchi tashkilotidan rozilik xati (agar yuqori tashkiloti mavjud bo‘lsa).
Hujjatlar to‘liq bo‘lmagan holatda nomzod tanlovda ishtirok etmaydi.
❗️Arizalar 2024-yil 20-oktabrga qadar qabul qilinadi.
Saralab olish bo‘yicha tanlov Nizomi (https://drive.google.com/drive/folders/1IQ5AIMse7iVwERd0S7WJOoQJKb3AHmE0)va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan @UZNNTMA1 telegram kanali orqali tanishish mumkin.