Tavsifi
Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) mamnuniyat ila uchta loyihalar uchun tanlov e'lon qiladi va ushbu tanlovda migratsiya va odam savdosi qurbonlarini himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi O'zbekiston Respublikasining nodavlat notijorat tashkilotlarini 2024 yilning 29-iyulidan 2024 yilning 11-avgustiga qadar ushbu tanlovda o'z loyihalari bilan ishtirok etish uchun taklif qiladi.
Talablari
"O'zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashda jabrlanuvchiga qaratilgan yondashuvni targ'ib qilish" loyihasi doirasida odam savdosidan zarar ko'rgan shaxslar uchun davlat tomonidan va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar to'g'risida jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyalarini o'tkazish uchun arizalar tanlovi e'lon qilindi;"
Markaziy Osiyo migratsiyasi sharoitida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e'tibor bergan holda zaif muhojirlarni himoya qilish" loyihasi doirasida ikkita e'lon qilindi:
a) migratsiya sharoitida ayollar uchun texnik va kasb-hunar ta'limi (TVET) va o'z-o'zini rivojlantirish imkoniyatlarini taqdim etish bo'yicha;
b) muhojirlarga nisbatan salbiy tushuncha va munosabatlarni o'zgartirish maqsadida ijtimoiy munosabat va xatti-harakatlarni o'zgartirish bo'yicha kampaniyalar o'tkazish.
Ushbu tanlovga qiziqish bildirgan nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etish uchun o'z loyiha takliflarini va qiziqtirgan savollarini 2024-yil 11-avgustdan kechiktirmay tanlovlarni o 'tkazish to'g 'risidagi ilova qilingan e'lonlarda ko'rsatilgan tartib bo'yicha taqdim etishlari mumkin.