Tizimga kirish
Barcha yuridik shaxs maqomiga ega BO'LMAGAN bo'linmalar tashkilotlar diqqatiga!!!
Hozirda e-ngo.uz tizimida yur shaxs maqomiga ega BO'LMAGAN bo'linma kabinetiga avval taqdim etilgan login parol orqali kirish bekor qilinganligi va hozirda mazkur bo'linma kabinetiga bo'linma rahbari, yoki hisobot topshirishga biriktirilgan hodim ONE id-si orqali kirish joriy etilganligini ma'lum qilamiz. Buning uchun eski taqdim etilgan bo'linma login malumotiga etibor berin, u ikkita qismdan iborat bo'lib, login malumoti tashkil topgan raqamlar chap tarafidan
NNT yuqori tashkiloti STIR raqami
va o'ng tarafidan reyestrdagi tartib raqami ko'rsatilgan. Tizimga chap tarafida ko'rsatilgan
NNT yuqori tashkiloti STIRi
ulangan ERI kalit orqali NNT yuqori tashkiloti kabinetiga kirib, bosh sahifada "AB foydalanuvchilar" menusidagi ro'yxatdan kerakli bo'linmani login ma'lumoti bo'yicha izlab topib, unga rahbari PINFL raqami ma'lumotini biriktirish lozim (bitta PINFLni bitta bo'linma kabinetiga bog'lash munkin). Shunda eski loginlik yur shaxs maqomiga ega bo'lmagan bo'linma kabinetiga ONE id orqali, PINFL ma'lumoti biriktirilgan hodimning ONE id tizimidagi ro'yxatdan o'tgan login paroli, yoki shu hodim ERI kaliti orqali kirish imkoniyati bo'ladi. Agarda siz kirmohchi bo'layotgan yuridik shaxs maqomiga ega BO'LMAGAN bo'linma davlat ro'yxati hisobiga o'tgan bo'lsa (ya'ni uni qayta ro'yxatdan o'tkazilgan va unga STIR raqami berilgan bo'lsa) u holda tashkilot kabinetiga yuqorida keltirilgan uslubda PINFL biriktirish uslubi bilan tizimga kirish taqiqlanadi. Chunki yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan tashkilot (STIR raqami mavjud bo'lgan bo'linma) e-ngo.uz tizimida faqatgina tashkiloti nomiga ochilgan yuridik shaxs (tashkilot STIRiga ulangan) ERI kaliti orqali kirishni tanlab kirishi lozim. Agarda tizimga yur shaxs bo'lgan tashkilot STIRiga ochilgan ERI kaliti orqali kirilganda tashkilot kabinetiga emas balki jismoniy shaxs kabineti ochilsa, unda e-ngo.uz tizimiga kirish qismidagi "Ochiq ma'lumotlar" menusidagi "NNT Reyestri" qismidan tashkilotni reyestrga kiritilganligini tekshirish kere bo'ladi (STIR raqami bo'yicha izlab). Izlashni bosganda tashkilot ma'lumotlari topilsa, tashkilot reyestrda mavjudligini bildiradi va telegramdagi texnik qo'llab quvatlash guruhimizda muammo bo'yicha hodimlarga yozishni maslahat beramiz (t.me/ngosupportuz). Ammo Izlashni bosganda, tashkilot ma'lumoti topilmasa, mazkur STIRlik tashkilot e-ngo.uz reyestriga qoshilmaganligini bildiradi, u tarzda tashkilotni ro'yxatdan o'tkazgan adliya boshqarmasi hodimlariga yuqorida ko'rsatilgan telegram guruhimizdagi keltirilgan adliya hodimlari telefon raqamlari orqali murojaat etishingiz munkin, tashkilotni reyestrga kiritib berishligisi uchun. Shundan so'ng reyestrda mavjud bo'lgan tashkilot kabinetiga uni nomiga ochilgan yuridik shaxs ERI kaliti orqali kirilsa, tashkilot kabinetiga kirsa bo'ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 88-130-11-00, 97-263-68-88;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi – 91-392-77-72;
Andijon viloyat adliya boshqarmasi – 91-486-07-06;
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi – 91-164-04-54;
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi – 90-180-98-10;
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi – 90-607-26-60;
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi – 91-337-92-68;
Namangan viloyat adliya boshqarmasi – 91-367-59-00;
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi – 97-615-70-20;
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi – 91-622-22-99;
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi – 90-969-93-94;
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi – 90-807-90-29;
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi – 99-967-65-64;
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi – 99-309-07-09;
Toshkent shahar adliya boshqarmasi – 93-567-32-22.